Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » “Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi

“Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi

21-10-2024, 16:37
412

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmoniga asosan, Do‘stlik mahallasi hududida ishlab chiqilgan bosh reja asosida 6,5 gektar yer maydonida “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etiladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi to‘g‘risida: 

  • Hududi: 6,5 gektar
  • Buyurtmachi:“Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasi
  • Loyihachi: “Qishloq qurilish loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti 
  • Manzil: Yangiariq tuman, “Do‘stlik” MFY

“Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda:

  • I bosqich – 2021-2022 yillarda;
  • II bosqich – 2022-2023 yillarda;
  • III bosqich – 2023-2025 yillarda.

I bosqichda “Yangi O‘zbekiston” massivida 2.60 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli (3 ta 5 qavatli, 3 yo‘lakli, 5 ta 5 qavatli 1 yo‘lakli) uy-joylar va markaziy qozonxona binolari qurilishi belgilanib, shundan 190 xonadonli 8 ta ko‘p qavatli (3 ta 5 qavatli 3 yo‘lakli, 5 ta 5 qavatli, 1 yo‘lakli) uy-joylar foydalanishga topshirilganligi, markaziy qozonxona binosi qurib bitkazilgan bo‘lib, qozonxona binosidan hozirgi kunda tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda.

II bosqichda 2.45 gektar yer maydonida 13 ta ko‘p qavatli (11 ta 5 qavatli, 1 yo‘lakli) uy-joylar qurilishi rejalashtirilib, joriy yilda ko‘p qavatli uy-joylarning qurib bitqazilganligi va bosh rejaga asosan “Yashil hudud” belgilangan yer uchastkalariga ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ko‘chatlari o‘tkazish ishlari boshlangan.

III bosqichda 1.45 gektar yer maydonida 16 ta ko‘p qavatli (13 ta 5 qavatli, 1 yo‘lakli) uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shuningdek, massivning bosh rejasiga asosan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, bolalar o‘yin maydonchalari tashkil etiladi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.